Simone Ronaldu bilan Messining farqini aytdi

Madridning “Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simone “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” forvardi Lionel Messining o'ziga xos jihatlari haqida gapirdi.

“Ronaldu turli xil uslublarga ega bo'lmagan jamoa uchun ko'proq asqotadi. Chunki u jamoa oldida turgan masalani hal qilish yo'llarini ko'paytiradi. Messi esa ko'proq futbol o'ynashga ixtisoslashgan jamoalar uchun ayni muddao.

Krishtanu  o'yin taqdirini hal qilish uchun 10 lab hujumlar uyushtirish shart emas. U ikki marta bosh bilan bizga gol urdi va biz musobaqa bilan xayrlashdik. 

Messi uchun ham Ronaldu uchun ham jamoa kerak, ammo farq u qadar katta emas. Leo hujumkor o'yin ko'rsatadigan jamoada o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsata oladi. Krishtianuga esa o'yinni yutish uchun ikkita vaziyat ham etarli.

Messi qiyin futbol o'ynaydi. U to'p tepayotgan jamoa Leoning iqtidorini yanada boyitib boradi. U doim, har qanday vaziyatda chora topa oladi”, deya Simonening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.


Manba: Marca