“Atletiko” Simone bilan shartnomani uzaytirdi

14 fev 2019, 21:42
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simone Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, argentinalik murabbiyning shartnmoasi  2022 yilga qadar uzaytirildi.

Simone 2011 yildan buyon “matraschilar”ni boshqarib kelmoqda. Ushbu vaqt davomida klub Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogi, ikki bor Yevropa ligasi va Yevropa Superkubogida g'olib chiqdi. Shuningdek, madridliklar ikki bor YCHL finaliga qadar yetib borishdi.

Ayni paytda “Atletiko” La Liga turnir jadvalida 23 uchrashuvdan so'ng 44 ochko jamg'arib, peshqadam “Barselona”dan echtti ochko ortda qolgan holda uchinchi pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Атлетико" клуби расмий сайти