Diego Simone: "Torres - futbol afsonasi"

Aslanov Jasurbek
25 avg 2019, 08:55
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simone yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan hujumchi Fernando Torres haqida gapirdi.

"Fernando juda aqlli futbolchi va mutloq futbol afsonasi. U mehnatkashligi, mas'uliyatligi va o'zgalarga bo'lgan hurmati bilan sport tarixida o'z o'rniga ega bo'ldi. U ajoyib inson va futbolchi.

Torresning murabbiylik faoliyati haqida

"Menimcha, u bu yo'lni tanlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Murabbiylik o'ta mas'uliyatli ish. Buning uchun unga biroz vaqt kerak bo'ladi.

Ishonamanki, biz u bilan murabbiy sifatida ham uchrashamiz", dedi Simone.

Argentinalik mutaxassis ilgari Torres bilan "Atletiko"da birga to'p tepgan, keyinchalik ispaniyalik futbolchi "matraschilar"safiga qaytgach, Simone qo'l ostida maydonga tushgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca