Simeone Serlotning "Atletiko"dan ketishi mumkinligi haqida gapirdi

Alisher Ostonov
30 noya 2025, 14:42
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone norvegiyalik hujumchi Aleksandr Serlotning boshqa jamoaga o'tishi haqidagi gap-so'zlar bo'rttirib yuborilganini aytdi.

Hujumchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Simeone futbolchining "matraschilar" uchun muhimligini ta'kidladi. Avvalroq, Serlotni "Nyukasl"ni 50 mln evroga sotib olishga tayyorligi ma'lum bo'lgandi.

"Men Serlotni o'ta muhim futbolchi deb bilaman. Unda bizga boshqa hech bir o'yinchi taklif qila olmaydigan narsa bor. U bizga shunday formada kerak. O'ylaymanki, u ham baxtli”, - dedi Simeone.

Serlot joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano