Simeone: "Qimmat stadion va 126 millionlik o'yinchi bilan bizni xalq jamoasi deyish qiyin"

Alisher
27 avg 2019, 15:02
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning obro'si haqida gapirdi.

"Albatta, bunday qimmat stadion va 126 millionlik o'yinchi bilan bizni xalq jamoasi deyish qiyin.

Ammo biz va jamoamiz ijtimoiy va ruhiy jihatdan oldingiday bo'lib qolamiz. Bizning qadriyatlarimiz hech qachon o'zgarmaydi. Biz xalq jamoasimiz", - deydi Simeone.

Eslatib o'tamiz, 67 ming o'ringa mo'ljallangan "Vanda Metropolitano" stadionining qurilishi uchun 240 million evro pul ketgan. Joau Feliksning "matraschilar" safiga o'tishi uchun 126 million evro kerak bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca