Simeone: "Jamoa rivojlanmoqda. Bundan mamnunman"

Mirjalol Normatov
19 mar 2023, 11:51
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone LaLiga doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

Madrid klubi ketma-ket uchinchi g'alabaga erishdi va 26 turdan keyin liga turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.

"Jamoa yaxshi o'yinlar o'tkazmoqda, bundan mamnunman. Yuqoridagi jamoalar bilan yaxshi raqobatga kirisha olmoqdamiz.

Birinchi bo'limda bizga shunchaki sovuqqonlik yetishmadi. Tanaffusdan keyin esa gollarni urib oldik. Jamoa rivojlanmoqda, bu meni quvontirmoqda", - dedi "Atletiko" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal