Simeone Grizmann haqida: “Atletiko” uchun 3 daqiqa juda muhim, shu vaqt oralig'ida YCHLni boy berganmiz”

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2020, 21:10
Madridliklar ustozi Diego Simeone sobiq shogirdi Antuan Grizmanning La Liga 33-turi doirasida o'tgan bahsda maydonda o'tkazgan uch daqiqasi haqida fikr bildirdi.

“Barselona” forvardi asosiy bo'limga qo'shib berilgan daqiqalardagina zaxiradan maydonga tushgan.

“Hech qanday tariflay olmayman. Izohsiz. Bizning jamoa uchun uch daqiqa hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Biz Chempionlar Ligasi finalini uch daqiqada boy berdik, shu sabab men uchun bu muhim”, deydi argentinalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal