Simeone "Chelsi" transferlarini boshqaradigan bo'lsa, u klub murabbiyi bo'lishga rozi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2015, 18:14
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone mavsum yakunlanganidan so'ng "Chelsi"ni boshqarishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, argentinalik mutaxassis klub transfer siyosatini boshqarsagina ko'klar bosh murabbiyi bo'lishga rozi bo'ladi. Agar murabbiyi "Atletiko"ni tark etsa, "Chelsi" ispan klubiga 20 mln. evro miqdorida badal puli to'lashiga to'g'ri keladi.

Oldinroq "Chelsi" egasi Roman Abramovich klubga Xosep Gvardiolani olib kelmoqchi ekanligi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph