Simeone: “Biz maydonda tez qaror qabul qila oladigan futbolchilarni qidiryapmiz”

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2014, 12:59
Madridning “Atletiko” klubi o'tgan mavsumda ichki chempionatda g'olib bo'ldi va Chempionlar Ligasida finalgacha yetib bordi.
Jamoaning ko'plab yulduz futbolchilari klubni tark etdi, ammo bosh murabbiy Diego Simeone yangi futbolchilar qidirishda davom etmoqda.

“Biz maydonda tez o'ylay oladigan va to'g'ri qaror qabul qila oladigan futbolchilarni qidiryapmiz. Tezlik juda muhim. Bu yozda biz Kosta, Vilya, Lopes, Diego kabi futbolchilarni yo'qotdik. Selekciya ishi davom etmoqda, chunki bizga 11 ta emas, 18ta futbolchi kerak” – deydi Simeone.

Eslatib o'tamiz, “Atletiko” klubi hozirgacha Manjukich, Sikeyra, Ansaldi va Grizmannlarni xarid qilishga ulgurdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: footballhd.ru