Simeone: "Atletiko"ning zaxira o'rindig'i qisqa, biroq futbolchilar mas'uliyatli"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2018, 17:12
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Yevropa ligasi 1/4 finaliga tashlangan qur'a haqida fikr bildirdi.

"Matraschilar" chorak finalda "Sporting" bilan o'ynaydi.

"Sporting"ning "Barselona"ga qarshi o'yinini ko'rganmiz. Jamoa yaxshi murabbiyga ega va raqobatbardosh, ularning markazida kuchli futbolchilar o'ynaydi. Turnirning keyingi bosqichiga o'tsak, xursand bo'lamiz.

Jarohatlarni oldindan bilib bo'lmaydi. Biroq shunday vaziyat sodir bo'lsa, uni hal qilishga tayyorman. Havotir olayotganim yo'q. Zaxira o'rindig'imiz qisqa, biroq futbolchilar mas'uliyatli. Safdagilar bilan ishlashda davom etamiz" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo