Simeone 1:2 haqida: "Raqib g'alabaga loyiq edi"

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2023, 08:07
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Las-Palmas"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Raqib juda yaxshi o'ynadi va g'alabaga loyiq edi. Biz esa o'zimiz istagan futbolni ko'rsata olmadik.

Yigitlar borlarini berishdi, ular har bir o'yinda bor kuchlari bilan harakat qilishadi. Birinchi bo'limda bizda vaziyatlar bo'ldi, ikkinchi bo'limda ham. Ammo ularni golga aylantirishda omadimiz kelmadi. 

Endi seshanba kuni o'tkaziladigan YCHL o'yiniga ("Seltik" bilan) yaxshi tayyorlanishimiz kerak", - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca