Silva "Manchester Siti"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Aslanov Jasurbek
19 sen 2015, 11:10
Yarim himoyachi David Silva muxlislar tomonidan "Manchester Siti"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ispaniyalik futbolchi ovoz berishda Vensan Kompani va Fernandinoni dog'da qoldirdi.
David Angliya Premer-ligasida ham oyning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar qatorida edi, ammo u sovrinni "Suonsi" o'yinchisi Andre Ayyuga boy berdi.