Sidni Sem Bayer bilan shartnomani uzaytirishni istamadi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 00:47
Bayer hujumkor yarim himoyachisi Sidni Sem klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmadi.
Leverkuzenliklar 25 yoshli futbolchiga 2015 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va maoshini ko'tarishni taklif qilishdi, ammo Sem bunga rad javobini berdi.

Biz Semga taklif yubordik, ammo u ko'prog'ini kutgan ekan. Unga bundan ko'proq maosh bera olmaslishimizni ma'lum qildik. Boshqa klubda ko'proq maosh oladi, menimcha Sem bunga loyiq, – deydi klub sport direktori Reshke.

Semni sotib olmoqchi bo'lgan boshqa klub 2,45 million evro to'lasa bas. Unga Shalke qiziqish bildirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru