
- Shubhasiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning eng xavfli futbolchisi, unga qarshi doim ikki himoyachi o'ynashi lozim. Ammo Portugaliyada boshqa futbolchilar ham bor. Agar Ronalduga haddan tashqari ko'p e'tibor berib yuborsak, boshqa futbolchilar ko'proq imkoniyatga ega bo'lib qolishadi, bu noto'g'ri. Quvonarlisi raqiblarimiz Zlatan Ibragimovichdan ham xuddi shunday tarzda qo'rqishadi, shu bois bizda ham imkoniyat bo'ladi, - deydi Xamren Goal.com nashriga.