Shusterning fikricha, Chempionlar ligasining asosiy da'vogarlari "Real" va "Bavariya"
Aslanov Jasurbek
26 yanv 2015, 18:46
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Bernd Shusterning fikriga ko'ra, "Qirollik klubi" va "Bavariya" Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridir.
"Real" 10 marotaba bu sovrinni qo'lga kiritgan. "Real" doimo buyuk klub bo'lgan. Jamoaning tarkibi juda kuchli. Chempionlar ligasida men uchun "Real" va "Bavariya" asosiy da'vogardir" - deydi Shuster.