Shuster yil oxirigacha “Frayburg”ga yordam bera olmaydi

12 noya 2013, 10:31
“Frayburg” klubi yarim himoyachisi Yulian Shuster, Germaniya chempionati doirasida o'tkazilgan “Shtutgart”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Shifokorlarning taxminiga ko'ra, 28 yoshli futbolchining safga qaytishiga 6 hafta talab etilarkan. Shu sababli Shuster qishki tanafusdan so'ng maydonga qaytishi mumkin.

Ta'kidlab o'tamiz, ushbu mavsumda Shuster 11 ta o'yinda maydonga tushgan.


Manba: soccer.ru