
Musobaqa davomida olti ochko olib tashlangan Kanada terma jamoasi ham chorak finalga yo'l oldi. Ular o'z guruhlarida ikkinchi bo'lishdi.
Shuningdek, Martasi bor Braziliya termasi ham o'z guruhida uchinchi bo'lib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Biroq Marta Fransiyaga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Sababi ayollar futbolining afsonasi guruh bosqichining uchinchi turida qizil kartochka olgan.
Chorak final juftliklari bilan tanishing:
Fransiya - Braziliya
Ispaniya - Kolumbiya
AQSH - Yaponiya
Kanada - Germaniya
Uchrashuvlar 3 avgust kuni bo'lib o'tadi.
