“Sho'rtan”ni ikkinchi davraga Legay va Kochnev tayyorlaydi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2017, 23:21
“Sho'rtan” murabbiylar shtabida navbatdagi o'zgarish.

“Sho'rtan” futbol klubi rahbariyati jamoaga mutahassislarni jalb qilishni boshlab yubordi. Ayni damda, jamoaga taklif qilingan Vitaliy Aleksandrovich Legay hamda Kochnev Gennadiy Gennadevichlar jamoani ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorlashadi.

Ushbu murabbiylar haqidagi batafsil ma'lumotlarni keyinroq o'z sahifamiz orqali tanishtirib o'tamiz.

“Sho'rtan” tayyorgarlikni o'z qarorgohida boshlaydi

Xabaringiz bor, birinchi davraning so'nggi uchrashuvidan so'ng jamoamizga qisqa muddatli tanaffus e'lon qilingan edi. Bundan tashqari, ushbu qisqa vaqt oralig'ida “oq bo'rilar” tarkibida birin-ketin o'zgarishlar sodir bo'ldi. Murabbiylar shtabidagi bir-qator o'zgarishlar bilan birga jamoamizni bazi bir futbolchilar ham tark etdilar.

Shunday bo'lsada, bugun yani, 5 iyuldan “Sho'rtan” jamoasi mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni G'uzordagi o'z qarorgohida boshlaydigan bo'ldi. Jamoamiz qisqa tatildan so'nggi ilk mashg'ulotlarini bugun, soat 19:00 da o'tkazishni rejalashtirgan.

Jamoadagi o'zgarishlar haqida saytimiz orqali xabar berishda davom etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz