"Sho'rtan" futbolchilari 23 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2014, 17:31
Tayyorgarliklarning ikkinchi bosqichini poytaxtda davom ettirishadi.
23 yanvar kuni O'FF qoshida faoliyat ko'rsatayotgan “FUTBOL-Med” tashkilotidan tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Aynan bu sana tanlangani bejizga emas. Negaki, bu vaqtga kelib tayyorgarlik ayni qizigan pallaga kiradi va Muxtor Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar guruhi hamda klub rahbariyati yangi mavsumda maydonga tushadigan tarkibni asosini deyarli aniqlab olish imkoniga ega bo'lishadi.

Ayni kunlarda esa jamoa a'zolari Sho'rtanning G'uzordagi o'z qarorgohida dastlabki bosqich tayyorgarlik jarayonlarini o'tkazishmoqda.

O'tgan yilgi tarkibdagi futbolchilardan tajribali Qahramon Muhammadjonov yig'inda qatnashmayapti.

Yangilardan Asror Aliqulov, Samandar Shodmonov, Jasur Boboev, Abbos Omonov kabi futbolchilar bor.

O'tgan yilgi tarkibda harakat qilganlardan ham anchagina futbolchilar tayyorgarlik mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz