"Sho'rtan" yetakchilar bilan yangi shartnoma tuzdi va ikki futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2024, 20:55
"Sho'rtan" klubi yangi mavsumda avvalgisidan yaxshiroq ishtirok etish uchun ikkita transfer amalga oshirdi.

Klub matbuot xizmati jamoa ikki yangi futbolchi bilan bitim tuzgani va yetakchilar bilan shartnoma muddati uzaytirilganini e'lon qildi.

"Sho'rtan" Muhriddin Zoirov, Timur Nabiev, Anvar Berdiev, Javohir Hasanov, Sherzod Abduraimovlar bilan shartnomani uzaytirdi.

Tajribali himoyachi Shukurali Po'latov 2024 yilda "Sho'rtan" sharafini himoya qiladi. Shu bilan birga o'tgan mavsumni "Qo'qon-1912" safida o'tkazgan Jasur Urinov ham G'uzor klubi bilan bitimga imzo chekdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia