Shomurodov: "Mourinyu bizga doim yangi narsalarni o'rgatadi"

Sherzod Nurmatov
23 dek 2021, 20:32
A Seriya 19-turi doirasidagi "Sampdoriya" (1:1) bilan uchrashuvda gol urgan "bo'rilar" hujumisi bahs yakunlanganidan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

– Oldingizga qo'ygan maqsadingiz?

– Har o'yinda gol urishni xohlayman va bu uchun astoydil shug'ullanyapman.

– Siz birinchi raqamli hujumchi sifatida o'ynayapsizmi yoki hujumchi ortidami?

– Har ikki poziciyada o'ynay olaman, muammosiz.

– Mourinyu qo'l ostida o'zingizni qanday his etyapsiz?

– Yaxshi. Mourinyu bizga doim yangi narsalarni o'rgatadi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori ushbu mavsumda A Seriyada 15 o'yinda madonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport