Shomurodov "Jenoa"dagi ilk mashg'ulotini 5 oktyabr kuni o'tkazadi
Alisher
2 okt 2020, 18:31
"Jenoa"ning yangi o'yinchisi Eldor Shomurodov Genuya jamoasidagi ilk mashg'ulotini dushanba, yani 5 oktyabr kuni o'tkazadi.
"Rostov" sobiq forvardining transferini 2-3 oktyabr kunlari rasman e'lon qilish rejalashtirilgan. Rossiya klubi esa oldinroq transferni rasman e'lon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Jenoa" 3 ochko to'plagan holda, jadvalda 13-o'rinda bormoqda.