"Shaxtyor" Fonsekaga ramziy futbolkani topshirdi

Alisher
22 iyun 2019, 14:37
Shu yozda "Shaxtyor"dan kyetib "Roma" bosh murabbiyiga aylangan portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka Ukrainaga uchib keldi.

Murabbiy klubdagi barcha ishchilar bilan xayrlashish maqsadida Ukrainaga keldi.

Xayrlashuv uchrashuvida "konchilar" bosh direktori Sergey Palkin murabbiyga 139-raqamli ramziy futbolkani topshirdi. Bu raqam murabbiyning "Shaxtyor"ni nechta o'yinda boshlab tushganiga ishoradir.

Klub Fonseka qo'l ostida "Shaxtyor" 3 marta Ukraina chempioni, 3 marta Kubok va 1 marta Superkubok sohibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCShakhtar