Sharof Muhitdinov: "Nasaf" ikkinchi uyim, "Paxtakor"da formamni yo'qotib qo'ydim"

Alisher
9 fev 2022, 10:28
Yanvar oyida o'z qarorgohida shug'ullangan "Nasaf" tayyorgarlikning navbatdagi qismini Antalyada olib bormoqda.

O'tgan mavsumni "Paxtakor"da o'tkazgan yarim himoyachi Sharof Muhitdinov qishki transferlar chog'ida "ajdarlar" safiga qaytishga qaror qildi. Xo'sh bunga nima sabab bo'ldi? Rossiyaning "Volgar" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng futbolchi bu haqida to'xtalib o'tdi. 

"O'tgan mavsumni oladigan bo'lsak, o'yin jihatidan ancha formamni yo'qotdim. Lekin maqsadimga erishdim. O'zbekiston chempioni bo'lish hamma futbolchining orzusi hisoblansa kerak. Menda shu sovrin yetishmayotgandi. O'zim uchun yaxshi yangilik bo'ldi. 

Undan oldin qanday jamoaga borayotganimni bilardim. Birinchi davrada hammasi ko'ngildagidek ketayotgandi. Ikkinchi davrada bir nechta futbolchilar qaytgach taktik-sxemalar ham o'zgarib ketdi. Boshqa jamoalardan taklif oldim. Lekin "Nasaf" ikkinchi uyim. OCHLga munosib tayyorgarlik ko'ryapmiz. Maqsadimiz "Baniyas"ni mag'lub etib guruh bosqichiga chiqish. Biz uchun OCHL birinchi, OFK ikkinchi darajada", - deydi Sharof Muhitdinov.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia