"Shanxay SIPG" futbolchisi: "Arnautovich Elkesonga qaraganda kuchliroq"

Xayrulla Xoliqov
19 avg 2019, 16:07
Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi futbolchisi YU Xay jamoa safiga yozda kelib qo'shilgan Mark Arnautovich haqida fikr bildirdi.

Ma'lumki, yozgi transfer oynasida "Shanxay SIPG" o'z safiga avstriyalik hujumchi Marko Arnautovichni qo'shib oldi. Bu futbolchi Angliyaning "Vest Xem" klubidan keldi. Arnautovich kelgach, jamoa hujumchisi Elkeson yana "Guangju Evergrand"ga qaytib ketdi.

- "Agar bu ikki hujumchini o'zaro solishtiradigan bo'lsak, Arnautovich ancha kuchli, - deydi YU Xay. - Chunki u APLdan keldi va u yerda kuchli futbolchilar o'ynaydi. Arnautovich "Vest Xem"da yulduz edi. U xuddi jamoaning golurar mashinasiga o'xshardi. Arnautovichda yirik gavda bor, bu esa yakkakurashlarda deyarli yutqazmasligini bildiradi. Qolaversa uning tezligi ham joyida. Albatta, Elkeson ham yaxshi hujumchi, u OCHLda bizga ko'p yordam berdi, biroq endilikda Arnautovich haqida ko'proq gapirishga to'g'ri keladi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com