

Ayni damda yig'inni boshlab olgan Shanxay jamoasi 12 yanvar kuni nazorat uchrashuvi o'tkazadi. "Shanxay SIPG" bu kuni Belgiya chempionati ishtirokchisi "Eypen" bilan o'ynaydi.

"Eypen" Belgiya chempionatining 21 turidan so'ng 13-o'rinni (16 tadan) egallab turibdi. Klub 21 ta o'yinda 5 ta g'alabaga erishgan, 5 ta durang o'ynagan va 11 marotaba mag'lubiyatga uchragan.



