"Shalke" bilan shartnomani bekor qilgan Tedesko Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyiga aylandi

14 okt 2019, 21:30
"Shalke" Dominiko Tedesko bilan o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomani bekor qilgani haqida e'lon qildi.

"Biz Domenikoga "Spartak"dagi yangi ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz", – deydi Germaniya klubi sport direktori Yoxen Shnayder.

Tedesko 2017-2019 yillarda "Shalke" klubida ishladi. Uning debyut mavsumda gelzenkirxenliklar Bundesligada ikkinchi o'rinni egallashdi, lekin keyingi mavsumida Tedesko lavozimidan ozod etildi. 

Sababi, "Shalke" barcha musobqalarda ketma-ket 5 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati: 4-21. Hozirda "Shalke" Bundesligada 14 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda.

U yerdan ketgan Domeniko Tedesko "Spartak" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Moskvaliklar u bilan 2021 yil 31 mayga shartnoma tuzishdi. Ma'lumotlarka ko'ra, Tedesko yiliga 1,5 million evro maosh oladi. Natijalarga qarab, mazkur summa bonuslar bilan 2 million evrga ko'tarilishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Manba: spartak.com