Shakiri: "Muhim o'yinlarda maydonga tushishni istayman"

Tolibjon Qosimov
30 may 2014, 16:52
"Bavariya" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri klubni tark etish niyatini aytib o'tdi.
– Bunday davom etishi kerak emas. Agar hech nima o'zgarmasa "Bavariya"ni tark etaman. Faqat Bundesligada emas boshqa musobaqalarda ham muhim o'yinlarda ishtirok etishni istayman. Yana bir shunday mavsum menga kerak emas.

Agar "Bavariya"dan ketsam faqat sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga ketaman, - deydi Shakiri.

2013/14 yilki mavsumda Shakiri 17ta o'yinda maydonga tushdi va 6ta golli pas oshirdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru