Shakiri "Inter" bilan 2019 yilgacha shartnoma imzoladi
Aslanov Jasurbek
10 yanv 2015, 08:56
Shveytsariya yarim himoyachisi Shyerdan Shakiri "Bavariya"dan "Inter"ga o'tdi.
Uning Milan shahri klubi bilan shartnomasi 2019 yilgacha belgilangan.
"Bazel" tarbiyalanuvchisi 2012 yildan boshlab "Bavariya" safida to'p tepishni boshlagan. Futbolchi myunxenliklar tarkibida 81ta uchrashuvda maydonga tushib, 17ta gol urgan.