

"Uzoq vaqt o'ynay olmadim, futbolni sog'ingandim. Jarohat sabab bir necha oy o'ynamagan bo'lsam ham mayli edi. Ammo menda jarohat yo'q edi. Shunchaki maydonga tusha olmadim. Qozog'istonga ko'chib o'tdim va kayfiyatim ko'tarildi. Faqat futbol haqida, maydonga tushishim haqida o'ylayman. Bu yerda menga oson. Yaqin yarim yil ichida (bu vaqt ichida ijaram muddati tugaydi) faqat futbol va "Ordabasi" haqida o'ylayman.
- BATEga qaytasizmi?
- Albatta. U yerda kelasi yil oxirigacha shartnomam bor. Mavsumni "Ordabasi"da o'ynayman. Qishda esa ko'ramiz. Agar borisovliklar meni qaytarmoqchi bo'lsalar gaplashib olamiz.



