Shahboz Erkinov oliy ligada ettinchi klub safida gol urdi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 18:31
Qarshining "Nasaf" klubi oliy liganing 20-turida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'ynadi.

Uchrashuvdagi hisobni "ajdarlar" hujumchisi Shahboz Erkinov ochdi. Bu gol hujumchining "Nasaf" tarkibidagi ilk goli bo'ldi. Shunday qilib, futbolchi oliy ligada ettinchi klub safida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bungacha Erkinov "Paxtakor", "So'g'diyona", "Sho'rtan", "Olmaliq", "Navbahor" va "Mashal" klublarida to'p kiritgandi. Ma'lumot uchun, hujumchi bugun o'zining oliy ligadagi 84 va 85-gollarini urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia