Ispan klubi Ziyosh uchun 30 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
28 iyun 2019, 10:26
"Sevilya" klubi Gollandiyaning "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Hakim Ziyoshga qiziqmoqda.

Ispaniyaliklar Marokash terma jamoasi futbolchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyorlar.

Amstyerdamliklar xavbeki yakunlangan mavsum Gollandiya chempionatida 29ta o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 16ta gol va 21ta assist bor. Chempionlar Ligasidagi esa 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, "Ayaks" ortda qolgan mavsumda Gollandiya chempioniga aylandi. Amstyerdam klubi 34ta o'yinda 86 ochko jamg'ardi. Klub CHL da yarim finalga qadar yetib bordi.

Ziyosh "Ayaks"ga 2016 yilda kelib qo'shilgan. Undan oldin esa "Tvente" va "Xerenven" jamoalarida to'p surgan. Uning "Ayaks" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf