“Sevilya” Starrij uchun kurashda “Inter”ni ortda qoldirdi

19 yanv 2018, 09:00
Andalusiyaliklar Danielni sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Avvalroq, “Inter” Starrijni ijaraga olishi kutilgan edi. Ammo Andalusiya jamoasi italiyaliklarni ortda qoldirdi. Buning ustiga “Sevilya” taklif qilgan sotib olish sharti Klopp jamoasi rahbariyatiga ham yoqib tushdi.

Jamoa uning transferida 30 million funt ishlab olishni ko'zlab turibdi. Hujumchining o'zi ham Ispaniyaga ko'chib o'tishga rozi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail