"Sevilya" "Nyukasl"ga Diego Karlosni sotmasligini xabar qildi

Alisher
26 yanv 2022, 18:01
"Sevilya" himoyachisi Diego Karlos ispan klubida qoladi.

Andalusiya klubi rahbariyati braziliyalik futbolchini sotmaslikka qaror qildi.

Ispanlar bu haqda o'yinchining transferi borasida muzokaralar olib borgan "Nyukasl"ga ma'lum qilishdi. Endi Angliya klubi mudofaani kuchaytirish uchun yangi variantlarni izlaydi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano