Sesk Fabregas Italiyaga yo'l oladi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2022, 16:50
"Monako"ning sobiq futbolchisi Sesk Fabregas Italiya B Seriyasi vakili "Komo" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, ayni damda "Komo"da sport direktori bo'lib ishlayotgan "Chelsi"ning sobiq sardori Dennis Uayz uni Italiyaga kelishga ko'ndirgan. Fabregasning o'zi ham Italiyada o'ynashga qiziqqan va aynan "Komo" variantida to'xtagan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumdan keyin 35 yoshli Fabregas erkin agent sifatida "Monako"dan ketdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio