

Bu 32 yoshli himoyachi uchun Madrid klubi safidagi 600-o'yin bo'ldi. Bu klub tarixidagi ettinchi ko'rsatkichdir. Ramosdan ko'porq o'yin o'tkazgan o'yinchilar:
Fernando Yerro - 601 ta o'yin
Francisko Xento - 601 ta o'yin
Santilyana - 645 ta o'yin
Manuel Sanchic - 710 ta o'yin
Iker Kasilyas - 725 ta o'yin
Raul - 741 ta o'yin.
Ramos klubda 2005 yildan beri to'p suradi. Bu bu oraliqda 20 ta sovringa ega chiqdi. Klubda eng ko'p sovrin yutgan futbolchi esa Xento hisoblanadi. U 23 ta sovrin sohibi bo'lgan.



