Server Jeparov: "Natija o'yinga mos bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2024
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Olimpik" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Server Jeparov matbuot anjumanida uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yaxshi o'yin o'tkazdik. Umuman har ikki jamoa ham g'alaba uchun jiddiy kurashdi. Gol kiritilmagan bo'lsa ham tomoshabop uchrashuv bo'ldi deb ayta olaman.


Yakka kurashlar jiddiy tarzda kechdi, jamoalar maydonning har bir qismida keskin kurash olib borishdi. Durang adolatli natija. Hisob o'yinga mos bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia