

15 avgust kuni "Bavariya" yarim himoyachisi "Leyptsig"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'zini yomon his qilgan edi. Shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi va u maydonni mustaqil ravishda tark etdi. Bugun bu holat "Xaydenxaym"ga qarshi bahsda takrorlandi. Musialaning ahvoli yana yomonlashib, maydonga yiqildi. Tibbiyot xodimlarining yordami bilan 23 yoshli futbolchi o'ziga keldi va 69-daqiqada maydonni tark eta oldi. Uni Kassiano Kiala almashtirdi.



