Sergey Lushan: "Nasaf"ga qarshi o'yin qiziq bo'ladi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2015, 20:19
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Navbatdagi qiyin o'yin. G'alabadan xursandmiz. Natijadan qoniqdim. Gol kiritganimizdan so'ng boshqacha o'ynay boshladik. Shuningdek, raqiblar sardori ham jarohat oldi. Unga sog'liq tilayman. Umuman, bugun "Paxtakor"ga qiyin bo'ldi.

Oktyabr oyida ikki haftalik yig'in o'tkazmoqchimiz. Qanday bo'lishidan qatiy nazar, kuchli futbolchilar maydonga tushadilar. 

"Nasaf" haqida fikrlarim? Ro'ziqulni anchadan beri bilaman. Tartibli, kuchli murabbiy. "Nasaf" birinchi yil yetakchilar qatorida yurmayapti. Ularni doimo yetakchi hisoblab kelganman. Ular o'tgan yili ham chempion bo'lishlari mumkin edi. O'ylaymanki, ularga qarshi o'yin qiziqarli bo'ladi. 

Final bo'lib o'tadigan stadionni farqi yo'q. Federatsiya qanday qaror qabul qilsa o'sha yerda bo'ladi. Bizga farqi yo'q. 

Biz reja bo'yicha o'ynadik. Asosiysi, kerakli hisob qo'lga kiritildi. Bugun raqibda yaxshigina imkoniyatlar bo'lgandi. Bahtimizga, ulardan foydalana olishmadi. Balki, muxlislar uchun zerikarli o'yin bo'lgandir.

Kelishib olgandik? Kim kim bilan, lekin "Paxtakor" bilan "Bunyodkor"ning kelishuvi bo'lmaydi (kuladi)", deb o'z fikrlariga yakun yasadi Lushan.


Aziz To'xtamurodov


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia