Sergey Lushan: "Chempionni mag'lub etish ikki karra yoqimli"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2015, 21:05
"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'rtasidagi bahsdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.

"Juda ajoyib o'yin. Agar mavsum davomida shunday o'yinlar ko'p bo'lsa sifat oshardi. "Paxtakor"ga qarshi o'yin doim qiyin o'tadi. Chempionni mag'lub etish ikki karra yoqimli", - deydi Lushan.


- Nima uchun bugun Akrom Komilov zaxirada qoldi?

- Sababi oxirgi ikki o'yinda futbolchi u qadar o'ziga ishonmayotgandi. O'yinni chetdan kuzatish unga foydali bo'lishini o'yladik. Zaxiradan tushib o'zini yaxshi ko'rsatdi. Gol urganidan xursandman.


- Dilshod Jo'raevning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Ajoyib o'ynadi. Barchasi uning o'ziga bog'liq. Shunday o'ynashda davom etsa asosiy tarkib futbolchisi bo'la oladi.


- Birinchi gol o'tkazilgan vaziyat borasida nima deya olasiz?

- U vaziyatda gol bo'lgandi. Futbolchilar shunday deyishdi.


- Akmal Shorahmedovning o'yinida pasayish bor. Unga raqobatchi yo'qmi?

- Jamoamiz g'alabali seriyani davom ettirmoqda. Tarkibni almashtirmayman. Balki yoshlarni almashtirarman, ammo himoyada tajribali futbolchilar bo'lishi kerak.


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia