Sergey Kovshov: "Paxtakor" yana 10ta to'p kiritishga haqli edi"

Narzulla Saydullayev
22 noya 2015, 08:48
"Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Kovshov o'z fikrlarini bildirdi.

Sergey KOVSHOV (Andijon bosh murabbiyi): - "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklayman. Bugun mezbonlar saviya borasida bizdan ancha kuchli ekanliklarini ko'rsatishdi. Keyingi mavsumga qanday xatolar ustida ishlashimiz kerakligi va qaysi poziciyalarni kuchaytirishimiz lozimligini bilib oldik. Biz esa umuman o'ynamadik. Jamoaga o'xshamadik, ijodkorlik yetishmadi. O'yinimizda tartib ko'zga tashlanmadi. "Paxtakor" yana 10ta to'p kiritishga haqli edi. Natija barchasini aytib turibdi. Mavsumni bunday futbol namoyish qilib, yakunlash mumkin emas.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz