

Bugungi uchrashuvda ochig'ini aytganda jamoamiz futbolchilarida ishtiyoq kuzatilmadi, ularda o'yinga bo'lgan munosabat va mas'uliyat hissi yetishmadi. Shundan kelib chiqqan holda hisob ham yirik ko'rinishda bo'ldi, mag'lubiyatga uchradik.
“Sho'rtan”ning maqsadi o'zgarmaydi, biz Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qilamiz. Jamoamizning o'zi yarasha boy tarixi bor. Nasib qilsa “Sho'rtan” avvalgi o'rniga qaytadi.
Bekzod Tolibov yozib oldi.



