Sergey Kovshov: “YCHLda "Liverpul" har qanday hisobni yo'qqa chiqarish mumkinligini isbotladi”

Narzulla Saydullayev
23 may 2019, 16:39
A Pro-Liga 7-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “Sho'rtan” (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Kovshov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi o'yinda jamoamizda jismoniy tayyorgarlik va ruhiyat joyida emasligi yaqqol ko'zga tashlandi. Birinchi bo'limda qayd etilgan natija buni isboti sifatida ko'rinib turibdi. Tanaffus vaqtida shogirdlarimga uzoq yo'l bosib kelganligimizni, har bir futbolchida g'urur bo'lishi lozimligini, muxlislar uchun ham ishtiyoq bilan o'ynash zarurligini tushuntirdim. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi.

Harakat qilsa natijaga erishsa bo'ladi. 3:0ga yutqazyapsanmi, harakat qil, 4:3 ga yutib ketishing mumkin. Futbolda shunaqa vaziyatlar ham bo'ladiku! YCHLda Liverpul har qanday natijani yo'qqa chiqarish mumkinligini isbotladiku! Biz nima qilayapmiz? Birinchi bo'limdagi kabi yosh bolalarcha xatolikka yo'l qo'ysak, albatta yutqazamizda. Birinchi bo'limdagi kabi o'ynasak, “Istiqlol” kerak bo'lsa 10 ta urishi mumkin edi. Biz harakatni boshlaganimizda kech bo'lgandi.

Farg'onada yana mag'lub bo'ldik. Avvalroq “Neftchi”ga ham xuddi shu stadionda 4:0 hisobida mag'lub bo'lgandik. Biz bu borada ishlaymiz, xato va kamchiliklarmizni tahlil qilib, xulosa chiqaramiz.

Futbolchi maydonga tushdimi harakat qilishi kerak. Mashg'ulotlarda o'z ustida ishlashi kerak, ko'zidan o't chaqnab maydonga tushishi kerak. Kimgadir ishonib mashg'ulotlarda astoydil harakat qilmasa, futbolchi sifatida o'sishi qiyin bo'ladi. Yana takror aytaman, futbolchi maydonga tushdimi, astoydil harakat qilishi va jamoa munosib bo'lishi lozim. Futbolni aldab bo'lmaydi, harakat qilmasdan futbolchi sifatida o'sib bo'lmaydi.

Xatolarmiz ustida ishlab navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga, jamoamiz muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz


Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia