"Sent-Luis Siti" muxlislariga Messi nomi yozilgan libosda stadionga kelish taqiqlandi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 15:03
MLS'ning "Sent-Luis Siti" klubi o'z muxlislariga "Inter Mayami"ga qarshi o'yinga raqib hujumchisi Lionel Messi ismli formada kelishni taqiqladi.

Taqiq nafaqat Messining "Inter Mayami"dagi formasiga, balki 36 yoshli hujumchining avvalgi barcha klublariga taalluqli.

Jamoalar uchrashuvi 15 iyul kuni bo'lib o'tdi – shu kuni "Inter Mayami" Messi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Argentinalik jamoasi "Sent-Luis"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:3).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: USA Today