Semak tarixiy natijaga erishdi

5 may 2019, 09:34
“Zenit” bosh murabbiyi Sergey Semak Rossiya futboli tarixida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida chempionlikka erishgan ilk insonga aylandi

Semak futbolchi sifatida besh karra Rossiya chempionligini qo'lga kiritgan. U “Rubin” va “Zenit” safida ikki martadan, SSKA tarkibida bir marta oltin medallarga sazovor bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, 43 yoshli mutaxassis joriy mavsum avvalida Sankt Peterburg klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

“Zenit” bungacha 2007, 2010, 2012, va 2015 yillarda Rossiya chempionligiga erishgan. Bu ko'rsatik borasida piterliklar faqat SSKA (6) va “Spartak” (10)dan ortda qolishmoqda. Bundan tashqari sobiq SSSR chempionatida 1984 yilda ham “Zenit” tengsiz klubga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com