Sebalos uchun asosiy da'vogar ma'lum bo'ldi

28 mar 2026, 21:55
Yozda Daniel Sebalos "Real"ni boshqa jamoaga almashtirishi mumkin.

Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Betis" qiziqish bildirmoqda. Aynan "yashil-oqlar" "Real" xavbekiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Sebalosning o'zi jamoasini o'zgartirishga tayyor.

Avvalroq, yarim himoyachi "Betis"da o'ynagan edi. Futbolchi 2017 yilda "Real"ga o'tgan. Daniel Sebalos jami La Ligada 199 ta o'yin o'tkazib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 17 ochko ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com