“Sautgempton” himoyachisi APLda “omadsiz xet-trik” qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

Eldor Akmurzayev
3 fev 2021, 19:45
Xabaringiz bor, kecha APL 22-turida MYU o'z maydonida “Sautgempton”ni tor-mor (9:0) etdi.

Mehmonlar himoyachisi Yan Bednarek uchrashuvda o'z darvozasi tomon penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi.

Shuningdek, u avtogol muallifiga aylandi va bahsning so'nggi daqiqalarida hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

Opta statistik portali ma'lum qilishicha, 24 yoshli Bednarek ushbu o'ziga xos “xet-trik”ga erishgan chempionat tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta