Saudiya klubi Kazemiro uchun 40 mln evro to'lashga tayyor

Оқил Абдубарноев
10 may 2024, 00:08
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Kazemiro Saudiya Arabistoniga yo'l olishga yaqin turibdi.

Xabarlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Al Nassr" klubi a'zosiga aylanadi. Saudiya klubi Kazemiro bilan muzokara o'tkazgan.

Saudiya jamoasi o'yinchi uchun "Manchester Yunayted"ga 40 million evro taklif qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Yarim himoyachiga uch mavsumga mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi. "Qizil iblislar" ham o'z futbolchisini qo'yib yuborishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ElSport