

Unga Saudiyaning bir yo'lla uchta jamoasi taklif bilan chiqqan. “Al Nassr“, “Al Ahli“ va “Al Qodisiya“ jamoalari hujumkor futbolchining transferi uchun London klubiga 40 million evro berishga tayyor. Shuningdek, futbolchining o'ziga yiliga 35-40 million evro maosh berishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Son London jamoasida 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlandi. U o'tgan mavsum APLda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.



