

- Sadd Al Shehri, o'yin haqida fikringiz qanday?
- G'alabadan mamanunman. Bugun namoyish etgan futbolimizdan xursandman. Endi hal qiluvchi bahs haqida bosh qotiramiz.
- Finalda raqib sifatida qaysi jamoani ko'rishni istaysiz: O'zbekiston yoki Yaponiya?
- Ikkala jamoa ham yaxshi shakllangan. O'zbekiston to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi, Yaponiya esa juda tezkor o'yin namoyish etadi. Istalgan jamoaga qarshi finalda qiyin bahs bo'ladi.
- Bugun ikki futbolchingiz jarohat oldi. Ularning ahvoli qanday?
- Hozircha aniq ma'lumot yo'q. Umid qilamanki ular finalga tayyor bo'lishadi.
- Jamoaingiz musobaqa davomida hozircha bironta gol o'tkazmadi. Buning siri nimada?
Sadd Al Shehri: Futbolchilarim himoyada katta mehnat qilishmoqda. Ammo barchasi Allohdan. Bizning harakatlarimiz munosib taqdirlanmoqda.
Hamid Abdullo: Og'ir o'yin bo'ldi. Shukrki, gol urib, yakunda g'alaba qozondik. Barcha jamoadoshlarimni va bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman.



